# Kollabee'ga loyiha qanday joylash kerak

Yaxshi joylangan loyiha — ko'proq ko'rish, like, mijoz va hamkor. Yomon
joylangan loyiha esa feed'ning pastiga tushib ketadi.

## Sarlavha — 5–80 belgi

- Aniq va konkret. `Imanum` emas → `Imanum — Qur'onni 30 tilda o'rganish ilovasi`
- Clickbait yoki `Ajoyib yangilik!!!` kabi sarlavhalardan saqlaning
- Brand nomi + bitta gap "nima qiladi"

## Tavsif — kamida 20 belgi (tavsiya 100–200)

3–5 gapda javob bering:
- **Kim uchun?**
- **Qaysi muammoni hal qiladi?**
- **Qanday ishlaydi?**
- **Hozir qaysi holatda?** (MVP / live / beta)

> Misol: "TehnoFix AI — uy texnikasi sinishida nima qilishni aytadigan
> Telegram bot. Ovozli yoki matnli savol → darrov yo'l-yo'riq. Hozir 200+
> foydalanuvchi sinab ko'ryapti."

Placeholder matnlar (clipboard, formaning hint yozuvi) **avtomat rad etiladi**.

## Cover rasm — majburiy

- **Mahsulot ekrani / skrinshot** afzal, oddiy logo emas
- 4:3 yoki 16:9, kamida 1200px
- Kontrastli, yorug' — kichik kartada ham aniq ko'rinsin
- Karta yarmi bo'sh bo'lmasin

## Demo URL — ixtiyoriy, lekin juda tavsiya

- Telegram bot: `https://t.me/<bot_username>`
- Veb ilova: `https://app.vercel.app`, `.lovable.app`, o'z domen
- App / Play Store havolasi

⚠️ `https://github.com` (root) yoki `you/repo` placeholder qabul qilinmaydi.

## GitHub — ixtiyoriy (CODE_DROP da majburiy)

To'liq URL: `https://github.com/<sizning>/<repo>` — `htpps://` emas, `https://`.

## Loyiha turi (type) — to'g'ri tanlang

| Tur | Qachon |
|---|---|
| `APP` | tirik ilova / veb sayt / bot |
| `CODE_DROP` | ochiq kod, fork uchun |
| `TUTORIAL` | dars, qo'llanma |
| `CAROUSEL` | vizual hikoya / slaydlar |
| `EXPERIMENT` | sinov / prototip |
| `PROMPT` | AI prompt to'plami |
| `EXTERNAL` | **siz qurmagan** 3-tomon mahsuloti (Claude, Cursor...) |

⚠️ `EXTERNAL` trending tasmasida chiqmaydi — profil va qidiruvda ko'rinadi.

## Tech stack va teglar

- **Tech stack:** ishlatilgan asboblar (Next.js, Python, Telegraf, Tailwind...)
- **Tags:** mavzu yo'nalishi (telegram-bot, ai, fintech, education...)

Bularsiz qidiruvda topish qiyin.

## Built with — qaysi AI bilan qurdingiz

Claude Code · Cursor · Kiro · Lovable · GPT-4 · v0 · va h.k. Bu boshqalar
uchun foydali signal.

## Cheklovlar

- 30 kun ichida bir xil sarlavha bilan **qayta-post yo'q**
- Kuniga maksimum **3 ta loyiha**
- Boshqaning postini so'zma-so'z qaytatib joylash — **o'chiriladi**

## Litsenziya

Default `MIT`. Boshqasi bo'lsa, aniq yozing (Apache 2.0, GPL, va h.k.)

---

## Featured / pin

Eng yaxshi loyihalarga admin "featured" belgisi qo'yadi — trending tepasiga
chiqadi. E'tiborni tortadigan loyihalar:

- ✓ Tirik demo + ochiq kod
- ✓ Real foydalanuvchilar / aniq raqamlar
- ✓ Tushunarli cover, sof tavsif
- ✓ Yangi g'oya yoki kuchli ish

---

## Yordam kerakmi?

Joylashda muammo bo'lsa, **@neodev**'ga yozing yoki Telegram kanalida so'rang.

— Kollabee jamoasi
